Ilmiy maktab
Ilmiy maktab

Abdullayev Yorqul

 

Iqtisod fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi. Oliy ta'lim a'lochisi

Professor Ayudullayev Yorqul “Statistika” yo'nalishidagi iqtisodchi olim hisoblanadi. U 5 nafar fan doktori va 17 nafar fan nomzodini tayyorlab, Respublikamizda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.

Malikov Tohir Sattorovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Tohir Sattorovich Malikov “Moliya” yo'nalishidagi iqtisodchi olimlardan biri hisoblanadi. Professor T.S.Malikov 3 ta fan doktori va 28 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik va maslahatchilik qilib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Xaydarov Nizomiddin Xamraevich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Xaydarov Nizamiddin Xamraevich 1962 yilda tug'ilgan. 1988 yilda Toshkent xalq xo'jaligi institutining “Moliya va kredit” mutaxassisligini tamomlagan. 1993 yilda «Finansovoe obespechenie investitsionnoy deyatelnosti predpriyatiya» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini Sankt-Peterburg iqtisod va moliya universitetida himoya qilgan.

Nabiyev Eshod G'aniyevich

Iqtisod fanlari doktori, professor.

Nabiyev Elshod G'aniyevich 1952 yilda tug'ilgan. 1974 yilda Toshkent xalq xo'jaligi institutini tamomlagan. 1982 yilda nomzodlik va 1995 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2001-2006 yillarda O'zbekiston Milliy Entsiklopediyasi Bosh tahrir hay'ati a'zosi bo'lgan. U hozirga qadar 2 nafar fan doktori va 5 nafar fan nomzodini tayyorlab, respublikamizda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga o'zini munosib hissasini qo'shib kelmoqda.

Karimov Akrom Abbosovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Akrom Abbosovich Karimov “Buxgalteriya hisobi iqtisodiy tahlil va audit” yo'nalishidagi iqtisodchi olim hisoblanadi. Professor A.A.Karimov 1 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.

Ayupov Ravshan Xamdamovich

Texnika fanlari doktori, professor

Professor Ayupov Ravshan Xamdamovich "Axborot-kommunikatsion texnologiyalar" bo'yicha olim hisoblanadi. Professor o'z mehnat faoliyati davomida 1 ta fan doktori va 2 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga o'z xissasini qo'shmoqda.

Nazarova Fotima Xakimovna

Iqtisod fanlari doktori, professor

Nazarova Fotima Xakimovna “Agroiqtisodiyot” va “Menejment” yo'nalishlaridagi iqtisodchi olim hisoblanadi. Professor F.X. Nazarova 2 ta fan doktori, 17 ta fan nomzodiga ilmiy raxbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga o'z xissasini qo'shmoqda.

Bobakulov Tulkin Ibodullaevich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Bobakulov Tulkin Ibodullaevich “Pul-kredit siyosati va bank ishi” yo'nalishidagi iqtisodchi olim hisoblanadi. Professor T.I. Bobakulov 1 ta fan doktori, 3 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.

Abdullaeva Sharbat Zulpikarovna

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Sharbat Zulpikarovna Abdullaeva O'zbekiston Respublikasida “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi olimlaridan hisoblanadi. Professor Sh.Z. Abdullayeva 1 ta fan doktori, 10 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda.

Jo'rayev Abdug'affor Safarovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Abdug'affor Safarovich Jo'rayev “Soliqlar va soliqqa tortish” yo'nalishidagi iqtisodchi olim hisoblanadi. Professor A.S.Jo'rayev 3 nafar fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Shoha'zamiy Shohmansur Shohnazir o'g'li

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Shoha'zamiy Shohmansur Shohnazir o'g'li “Baholash ishi” yo'nalishidagi iqtisodchi olim hisoblanadi. Professor Sh.Sh.Shoha'zamiy 3 nafar fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Hamdamov Bahrom Kasimovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Hamdamov Bahrom Kasimovich “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” yo'nalishidagi olim hisoblanadi. Uning raxbarligida 3 fan nomzodi va 40dan ortiq magistrlar rahbarlik qilib, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Kenjabaev Aman Turgunovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Aman Turgunovich Kenjabaev "Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari" yo'nalishi bo'yicha ilmiy ish olib borayotgan iqtisodchi olimlardan biri hisoblanadi. U 2015 yildan Xalqaro injenerlar akademiyasining muxbir a'zosi. Uning rahbarligida 2 ta fan nomzodi tayyorlanib, ayni paytda 3ta fan doktoriga ilmiy maslahatchi qilib biriktirilgan.

Omonov Akrom Abdinazarovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Akrom Abdinazarovich Omonov “Moliya, pul muomalasi va kredit” yo'nalishidagi iqtisodchi olim hisoblanadi, u bitta iqtisod fanlari nomzodiga ilmiy rahbarlik qilgan. Ayni paytda, A.Omonov rahbarligida uchta tadqiqotchi iqtisod fanlari doktori ilmiy drajasini olish uchun tadqiqotlar olib bormoqda.

Habibullayev Ibrohim Habibullayevich

Texnika fanlari doktori, professor

Profesor Ibrohim Habibullayevich Xabibullayev “Yer osti suvlari harakati” jarayonlarini matematik modellashtirish va “Iqtisodiyotda matematik va statistik usullar” yo'nalishidagi olim hisoblanadi. Professor I.H.Xabibullayev 1 ta fan doktori, 4 ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

Pardayev Abdunabi Xoliqovich

Iqtisod fanlari doktori, professor

Professor Pardayev Abdunabi Xoliqovich Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”  yo'nalishidagi iqtisodchi olim. Professor A.Pardayevning bevosita ilmiy rahbarligi ostida ayni paytgacha 12 ta fan nomzodi va 1 nafar fan doktori tayyorlangan.

 

Success helper
Success warning