XALQARO XAMKORLIK
XALQARO XAMKORLIK

“Iqtisodiyot” kafedrasida ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy ishlarda bir qator mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Xususan, 2019-2020 yillarda Rossiya Federatsiyasining Moliya universiteti, akademik A.Kuatbekov nomidagi Qozog‘iston Xalqlar Do‘stligi Universiteti, shuningdek Ural Davlat Iqtisodiyot Universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi.Xorijiy universitetlar bilan xalqaro hamkorlik doirasida moliyaning dolzarb muammolari bo‘yicha seminar-treyninglar o‘tkazilmoqda,  xususan, tuzilgan shartnomalar doirasida ma’ruzachilar uchun mehmon dasturlarini taqdim etish, akademik mobillik, qo‘shma xalqaro loyihalarda ishtirok etish, xalqaro konferensiyalarni tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2019 yil fevral-mart oylarida ma’ruzachilar uchun mehmon dasturlari doirasida Rossiya Federatsiyasi Moliya universitetidan professor Nureyev Rustem Maxmutovich va dotsenti Gurnak Aleksandr Vladimirovich, hamda akademik A. Kuatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti prorektori Suleymonova Balxiya Serikbayevna va kafedra mudiri Kupesheva Aygul Kuanishevnalar ma’ruza o‘qish uchun tashrif buyurishdi.Shuningdek Ural Davlat Iqtisodiy Universiteti bilan samarali ilmiy hamkorlikni ta’kidlash kerak.

Uning doirasida ikkita Xalqaro  universitetlararo ilmiy-amaliy konferensiya, “Public-private partnership as a factor of social and economic development of regional infrastructure” qo‘shma monografiyasi va qo‘shma maqolalari chop etildi. “Iqtisodiyot” kafedrasi xalqaro miqiyosda 2023 yil may oyida “O’zbekistonni xalqaro bozorga kirish integratsiyasini ta’minlashning innovatsion transformatsiya tizimini ta’minlash yo’nalishlari” mavzusida qo‘shma xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Kelgusida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish doirasida kafedraning asosiy maqsadlaridan biri xorijiy yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xorijiy olimlar va professorlarni o‘qitish jarayoniga jalb qilishdir.

Success helper
Success warning