" AUDIT VA IQTISODIY TAHLIL KAFEDRASI" kafedrasi
" AUDIT VA IQTISODIY TAHLIL KAFEDRASI" kafedrasi

  Umumiy ma’lumotlar

 Kafedra mudiri:    Raximov Matnazar Yusupovich

 

 Qabul vaqti: 1400 – 1700

 

 Telefon:  (0 371) 235-80-77

 

 E-mail:  avit@tfi.uz

 

 Veb-sayt:  www.tfi.uz

Kafedra tarixi

         “Audit” kafedrasi institut rektorining 2001-yil 26-dekabrdagi buyrug‘iga asosan 2002-yil 1- yanvarda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tashkil etilgan.

Toshkent moliya instituti Ilmiy Kengashining 2005- yil 26-fevral 8-sonli qarori bilan kafedraning nomi “Audit” deb o‘zgartirildi.

 “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi institut rektorining 2018 yil 20 noyabrdagi buyrug‘iga asosan “Audit” va “Moliyaviy tahlil” kafedralarini birlashtirish asosida tashkil etilgan. Audit kafedrasida dastlabki yillarda “Audit”, “Amaliy audit”, “Xalqaro audit”, “Moliyaviy hisobot auditi”, “Ichki audit”, “Soliq tulovlar auditi” kabi fanlar o‘qitilgan.

Hozirgi vaqtda Audit va iqtisodiy tahlil kafedrasi  tomonidan “Audit”, “Ichki audit”, “Iqtisodiy tahlil”, “Moliyviy tahlil”, “Amaliy audit”, “Xalqaro audit”, “Moliyaviy hisobot auditi”, “Auditorning kasb etikasi”, “Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili” kabi fanlar o‘qitilgan.

Mustaqillik yillarida kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, ushbu davrda kafedrada 3 ta fan doktori, 13 ta fan nomzodlari etishib chiqdi.

Kafedraga rahbarlik qilgan professor-o’qituvchilar haqida ma‘lumot

Kafedraning birinchi mudiri – i.f.d., prof. Karimov A.. 2002-2004 yilgacha boshqargan.

2004-2013 yillarda i.f.n., dotsent Sh.Fayziyev.

2013-2016 yilarda i.f.n., dotsent I.Qo‘ziyev

2016-2017 yilarda i.f.d., professor A.To’chiyev

2017-2018 yilarda i.f.d., professor B.Xamdamov

2018 yil noyabr oyidan boshlab kafedraga i.f.n., dotsent M.Raximov rahbarlik qilib kelmoqda.

  Kafedra bo’yicha belgilangan shtat birligi

  Hozirgi kunda kafedrada 4 ta fan doktori, professorlar, 13 ta fan nomzodi, dotsentlar, 6 ta katta o‘qituvchilar, 2 assistentlar faoliyat olib borishmoqdalar. Kafedranining ilmiy salohiyati 68%ni tashkil qiladi.

Kafedraga biriktirilgan va dars mashg’ulotlari o’tiladigan ta‘lim yo’nalishi va mutaxassisliklar

5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit;

5A230902 – Audit.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim beradigan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar (bakalavriat va magistratura kesimida)

 Bakalavriat:
5230200 - Menejment
5230600 -  Moliya
5230700 - Bank ishi 
5230800 -  Soliqlar va soliqqa tortish
5230900 -  Buxxgalteriya hisobi 
5111000 -  Kasb ta’limi (5230900 - Buxgalteriya hisobi va audit)
5231200 -  Sug’urta ishi
5231300 -  Pensiya ishi
5231500 -  Baholash ishi
5232000 -  Davlat byudjetining g’azna ijrosi
 Magistratura:
5A230901-Buxgalteriya hisobi
5A230902–Audit tarmoqlar va sohalar
5A230903-Byudjet hisobi va nazorati

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar

Foto surati FISh Ilmi darajasi va unvoni e-mail
1

Raximov Matnazar Yusupovich

 

I.f.n., dots rahimovyu@mail.ru
2 Tuychiyev Alisher Jo'rayevich i.f.d., dok

 uibp@tfi.uz

3

Xamdamov Baxrom Qosimovich

i.f.d., dok bahrom24061965@mail.ru
4 Avloqulov Anvar Ziyodullayevich I.f.d., dots. anvar_avloqulov@rambler.ru
5 Fayziyev Shoxobiddin Nuritdinovich I.f.n., dok. fshn@mail.ru
6 Masharipov Ozod Alimovich I.f.n., dots.

ozod_masharipov@mail.ru

7 Ibragimov G’ayrat Artikovich I.f.n., dots.

gayrat63@mail.ru

8

Shayakubov Shoqobil Karimovich 

I.f.n., dots. shoqobilkarimovich@mail.ru
9

Yo’ldashyeva Saodat Xolmirzayevna

I.f.n., dots. saodat_yuldasheva@mail.ru
10 Sagdullayeva Zulfiya Asanaliyevna  I.f.n., dots. zulfiya@mail.ru
11 Xakimov Bunyod Jurayevich  I.f.n., dots. bunyod-71@bk.ru
12 Astanaqulov Olim Toshtemirovich  I.f.n., dots. taolim@mail.ru
13 Abdiyeva Nargiza Shuxratovna  I.f.n., PhD nargiza_abdiyeva@mail.ru
14 Mavlonov Normo’min Normamatovich  I.f.n., PhD nmavlonov@mail.ru
15 Hojiyev Mexriddin Suloymonovich I.f.n., PhD msx@mail.ru
16 Kalandarova Nargiza Narimonovna  I.f.n., PhD nargiza_kalandarova@mail.ru
17 Nurillayev Jamoliddin Yarashovich  i.f.n jamoliddin_ya@mail.ru
18 O’rmonbekova Iroda Farxodovna  k.o`q. urmanbekova@mail.ru
19 Meliyev Isroil Ismoilovich  k.o`q. isroil-meliyev@mail.ru
20 Qo’shmatov Otaxon Qurbonaliyevich  k.o`q. oqqushmatov@mail.ru
21 Choriyev Isroil Hamzayevich  k.o`q. ichoriyev@mail.ru
22 Avazov Ilhom Ravshanovich  k.o`q. iavazov86@mail.ru
23 Samadova Nargiza Rasulivna  k.o`q. nrsamadova@mail.ru
24 Abdullayev Abror Bazarbayevich  assistent abror_abdullayev@mail.ru
25 Ochilov Farxod Shavkatovich  assistent ochilov_farxod@mail.ru

O‘quv-uslubiy ishlar

             Kafedrada hozirgi kunda bakalavriat va magistratura bosqichida 9 ta fandan dars mashg‘ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu fanlardan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv va ishchi dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar, ishchi daftarlar va boshqa turdagi uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlangan.

Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyati

         Kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan Respublikamizning buxgalteriya hisobi, tahlil va audit tizimlarini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq keng fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari amalga oshirilib borilmoqda. Kafedrada 15 nafarga yaqin doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar doktorlik dissertatsiyalari ustida ilmiy ishlar olib borayotgan bo‘lsa, 5 ta yirik innovatsion real muammoli mavzular doirasida xo‘jalik shartnomalari asosida tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda. Kafedra tomonidan Respublikamizning buxgalteriya hisobi, tahlil va audit sohaslarining dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari va ilmiy-nazariy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda kafedra jamoasi tomonidan 3 ta monografiya, 4 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, xalqaro ilmiy jurnallarda 45 dan ortiq maqola va tezislar e’lon qilingan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilyotgan ilmiy ishlar:

i.f.n., dots. Z.Sagdillayeva “Проблемы теории и методологии финансового анализа в условиях либерализации экономики”;

i.f.n., dots. O.Masharipov “Boshqaruv hisobida standart-kost tizimi bo‘yicha xarajatlar hisobi va og‘ishlar tahlilini tashkil etishni takomillashtirishning asosiy masalalari”;

i.f.n., dots. A.Avloqulov “Moliyaviy natijalar hisobi va auditi uslubiyotini takomillashtirish” mavzusida himoya qildi;

PhD N.Kalandarova “Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholash amaliyoti va uni takomillashtirish” mavzusida himoya qildi;

i.f.n., dots. M.Rahimov “Innovatsion faoliyat va uning samaradorligini baholash uslubiyotini takomillashtirish”;

PhD N.Mavlanov “Xo’jalik yurituvchi subyeklarning kreditga layoqatliligi tahlili va baholashni takomillashtirish” mavzusida himoya qildi;

I.Choryiev “Auditorlik faoliyatida tahliliy amallardan foydalanishning uslubiy asoslarini takomillashtirish”;

A.Abdullayev “Soliq to’lovlari hisobi va tahlilini takomillashtirish”;  

O.Astanakulov “Совершенствования методологии инвестиционного анализа в условиях инновационного развития экономики”;  

N.Samadova “Korxona resurslari samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tahlilini takomillashtirish: nazariya, metodika, va amaliyot”;

I.O’rmonbekova “Elektr energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarda xarajatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish”;

I.Avazov Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish va uni auditini takomillashtirish”

Ma’anviy-ma’rifiy ishlar

         Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan talaba yoshlaning yukchak manaviy axloqiy, ona vatanga sadoqat ruhda tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga muxabat tuyg‘usini shakllantirish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan keng qamrovli manaviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. SHu bilan birga talabalar turar joylarida turli xil manaviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Uztoz shogirt tizimi ana’nalariga ko‘ra, talablarga professor o‘qituvchilar biriktirilgan xamda kafedra professor o‘qtuvchilari tomonidan Respublikamizning turli joylarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy bunyotkorlik ishlarining mazmun mohiyati keng targ‘ib qilib borilmoqda.

Xalqaro hamkorlik

       Moliyava soliqlar kafedrasi ilmiy-tadqiqot, o‘quv uslubiy sohada qator mamlakatlar nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Buyuk Britaniyaning Xaddersfild universiteti(13.01.2018), Bolgariyaning Angel Kachev universiteti ()1.12.2017, Qozog‘istonning Hududiy sotsial universitetlari (CHimkent) (15.01.2018) bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Kafedraning innovatsion-korporativ hamkorligi, oliy ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish integratsiyasi yo‘nalishidagi ishlari

Kafedra quydagi Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan innovatsion korporativ hamkorlik olib bormoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgat auditorlik tashkilotlari;
“O‘zagrosugurta” kompaniyasi;
Fundamental, amaliy va inovatsion loyihalarnining 2018 yil uchun davlat byudjeti asosida moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari borasida ham faoliyat amalga oshirilmoqda. Xususan, prof. A.U. Burxanov rahbarligida ilmiy-texnika dasturi doirasida “O‘zbekiston investitsiya fondlarining jozibadorligini oshirish mexzanizmini ishlab chiqish” mavzusida 120000 ming so‘mlik amaliy loyihalar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedrada 2017 yilda jami 11,5 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. 2018 yilda “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati bilan 15 million so‘mlik xo‘jalik shartnomalari tuzilgan. Ushbu shartnoma asosida “Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining diagnostikasi” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar:

Iqtidorli yoshlar bilan amalga oshirilgan ishlar

       Kafedrada iqtidorlik yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish bo‘yicha qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yosh auditor” ilmiy to‘garagi muntazam ravishda ish olib borayotgan bo‘lib, ushbu to‘garakda har oyning oxirgi haftasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, auditorlik tashkilotlaridan etakchi mutaxassislar jalb qilingan holda mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

 

 

Success helper
Success warning