Institut matbuot kotibi Nazarov Gʻulom Akmal oʻgʻli E-pochta: gulom_nazarov@tfi.uz |
Matbuot kotibining asosiy vazifalari |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda institut raxbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Axborot soxasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda davlat va jamoat tashkilotlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;
Keng jamoatchilikni institut faoliyati, sohaga doir normativ-huquqiy xujjatlar to‘g‘risida holisona, sifatli va tezkor xabardor qilish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik o‘rnatish, doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini tarqatish;
Institutning web-saytiga (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda) axborotlarni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi web-resurslarni rivojlantirish;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati hamda institut tarkibidagi belgilangan bo‘limlar hodimlari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda e’lon qilish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharxlar hamda axborot-taxliliy materiallar tayyorlash;
Institut faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida institut rektoriga axborot berish;
Institutning faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va video materiallarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish.
Biografiya:
|