Oliy oʻquv yurtlari aro sport majmuasi
Oliy oʻquv yurtlari aro sport majmuasi

 Direktor: Tashpulatov Farxod Alisherovich

 

 Telefon: (71) 237-51-45

Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasining tarixi

 O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi” qonunlari hamda  "O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga karatilgan ko’shimcha chora-tadbirlar Dasturi"ning ijrosini ta’minlash maqsadida faoliyat olib boradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.

 

 O’zbekiston respublikasi  fuqarolarining eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan hisoblangan bilim olish, intellektual va jismoniy jihatdan etuk bo’lib rivojlanishiga ko’maklashish asosiy maqsadimiz. Sport majmuasida sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari bo’yicha o’quv-mashq mashg’ulotlari o’tkazish uchun mo’ljallangan, o’ziga qo’yiladigan norma va talablarga javob beradigan yopiq va ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot hisoblanib, unda jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va xarakat faolligini takomillashtirish, sag’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning turli shakllarini tashkil qilishdan iborat.

 

 Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasi 2014 yil 18 avgustda №13 AVIZO bilan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasidan institut balansiga qabul qilingan va Toshkent moliya instituti Kegashining  2015 yil 26 martdagi 8/7.2. qarori bilan “Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasi” to’g’risidagi Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur nizom asosida o’z faoliyatini yuritmoqda.

Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasining asosiy vazifalari

 Toshkent moliya instituti hamda boshqa oliy o’quv yurtlari talabalari jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazishlari uchun sharoitlar yaratish;

 

 Toshkent moliya instituti hamda boshqa oliy o’quv yurtlari professor-o’kituvchilari, xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, boshka fukarolarning sport turlari bilan shug’ullanishlari va sog’lomlashtirish xamda bo’sh vaqtlarini yaxshi o’tkazishlari uchun sharoitlar yaratish;

 

 Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasi uyushtirilgan sport musobaqalari, seminarlar va o’quv kurslarini tashkil qilish va o’tkazishni ta’minlash;

 

 Sport bilan shug’ullanuvchilarga xizmat ko’rsatishni belgilangan me’yorlar doirasida tashkil va nazorat qilish;

 

 Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasi hududidi va o’yin maydonining sanitariya –epidemiologiya talablari talablariga javob berishini ta’minlash;

 

 Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasi tarkibiga kirgan mol-mulkni tejab foydalanishni tashkil etish;

 

 O’zbekiston respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy tadbirlar, sport va o’quv trening mashg’ulotlarini tashkil etish;

Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasining faoliyati

 Sport majmuasidan 8 ta sport turi bo’yicha xizmatlar ko’rsatib kelmoqda.

 

1. Basseyn;

2. Futbol;

3. Tennis;

4. Basketbol;

5. Voleybol;

6. Bodmenton;

7. Trenajyor;

8. Sport o‘yinlarini o‘tkazish tashkil qilish.

 

Success helper
Success warning