TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI OLIY O’QUV YURTLARIARO SPORT MAJMUASI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI OLIY O’QUV YURTLARIARO SPORT MAJMUASI

  Umumiy ma'lumotlar

  Direktor: Tashpulatov Farxad Alisherovich

  qabul vaqtlari: 1400 – 1700

  Telefon: (71) 237 51 45

  E-mail:  vipsobachka@inbox.ru

  Websayt:  www.tfi.uz

 

Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasining tarixi

       O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi” qonunlari hamda  "O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga karatilgan ko’shimcha chora-tadbirlar Dasturi"ning ijrosini ta’minlash maqsadida faoliyat olib boradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi.

O’zbekiston respublikasi  fuqarolarining eng asosiy konstituttsiyaviy huquqlaridan hisoblangan bilim olish, intellektual va jismoniy jihatdan etuk bo’lib rivojlanishiga ko’maklashish asosiy maqsadimiz. Sport majmuasida sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari bo’yicha o’quv-mashq mashg’ulotlari o’tkazish uchun mo’ljallangan, o’ziga qo’yiladigan norma va talablarga javob beradigan yopiq va ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot hisoblanib, unda jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va xarakat faolligini takomillashtirish, sag’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning turli shakllarini tashkil qilishdan iborat.

Oliy o’quv yurtlariaro sport majmuasi 2014 yil 18 avgustda №13 AVIZO bilan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasidan institut balansiga qabul qilingan va Toshkent moliya instituti Kegashining  2015 yil 26 martdagi 8/7.2. qarori bilan “Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasi” to’g’risidagi Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Mazkur nizom asosida o’z faoliyatini yuritmoqda.

 

Oliy o’quv yurtlariaro sport majmuasining asosiy vazifalari

Toshkent moliya instituti hamda boshqa oliy o’quv yurtlari talabalari jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o’tkazishlari uchun sharoitlar yaratish;

Toshkent moliya instituti hamda boshqa oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilari, xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, boshqa fuqarolarning sport turlari bilan shug’ullanishlari va sog’lomlashtirish xamda bo’sh vaqtlarini yaxshi o’tkazishlari uchun sharoitlar yaratish;

Oliy o’quv yurtlariaro sport majmuasi uyushtirilgan sport musobaqalari, seminarlar va o’quv kurslarini tashkil qilish va o’tkazishni ta’minlash;

Sport bilan shug’ullanuvchilarga xizmat ko’rsatishni belgilangan me’yorlar doirasida tashkil va nazorat qilish;

Oliy o’quv yurtlariaro sport majmuasi hududi, basseyn va o’yin maydonining sanitariya–epidemiologiya talablariga javob berishini ta’minlash;

Oliy o’quv yurtlariaro sport majmuasi tarkibiga kirgan mol-mulkni tejab foydalanishni tashkil etish;

O’zbekiston respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy tadbirlar, sport va o’quv trening mashg’ulotlarini tashkil etish;

Oliy o’quv yurtlariarosport majmuasining faoliyati

Sport majmuasidan 8 ta sport turi bo’yicha xizmatlar ko’rsatib kelmoqda.

1.Basseyn

2.Futbol

3.Tennis

4.Basketbol

5.Voleybol

6. Badminton

7. Trenajyor

8. Sport o’yinlarini o’tkazish tashkil qilish

YОPIQ SUV HAVZASI

Suzish basseyni: o’lchami 25 m. X 11 m., chuqurligi 1,20-1,80 m., xajmi-422 m.kub, suv yuzasi maydoni-275 m.kv., suv harorati-27-28 (S), 1 soat. (maks) 20 ta odam suzishi mumkin.

TENNIS KORTI.

Tennis maydoni: o’lchami 24 m. x 11 m. va qo’shimcha 4 ta badmenton maydonlari mavjud.

SHAXMAT.

Shaxmat o’ynash uchun sport jihozlari bilan ta’minlangan.

STOL TENNISI.

Stol tennissi o’ynash uchun sport jihozlari bilan ta’minlangan.

SPORT TADBIRLARI.

Sport majmuasida yopiq universal zalida xar xil sport tadbirlari o’tkazish uchun sharoit yaratilgan.

OCHIQ BASKETBOL MAYDONI.

Oliy o’quv yurtlariaro sport majmuasining 364 m2 o’lchamdagi tashqi ochiq basketbol maydoni.

OCHIQ FUTBOL MAYDONI.

Oliy o’quv yurtlariaro sport majmuasining 40x20 metr o’lchamdagi tashqi ochiq futbol

 maydoni.

GIMNASTIKA ZALI

Oliy o’quv yurtlariaro sport majmuasining gimnastika va kurash zali. O’lchami:   uzunligi 11metr, eni 9metr

OLIY TA’LIM MUASSASALARI HAMKORLIGIDA

“Xotira va Qadrlash kuni” ga hamda “Sport oyligi ” munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari hamkorligida professor-o’qituvchilar va  talabalar  o’rtasida sportning “Futbol” turidan o’rtoqlik uchrashuvi musobaqasi bo’lib o’tdi. (Toshkent moliya instituti va Toshkent Irigatsiya va Qishloq Xo’jaligini Mexanizatsiyalash Muhandislari instituti professor-o’qituvchilar).

OLIY TA’LIM MUASSASALARI HAMKORLIGIDA

Toshkent moliya instituti oliy o’quv yurtlariaro sport majmuasida  1 oktyabr – “O’qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami hamda Prezidentimiz beshta tashabbuslari, shulardan ikkinchisi yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularni sport sohasida qobiliyatni namoyon qilish, ularga zarur sharoitlar yaratish yo’naltirish, munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari hamkorligida professor-o’qituvchilar va  talabalar  o’rtasida sportning “Futbol” turidan o’rtoqlik uchrashuvi musobaqasi bo’lib o’tdi. (Toshkent moliya instituti va Toshkent to’qimachillik engil sanoat instituti professor-o’qituvchilar).

 

MAXALLA BILAN HAMKORLIKDA

“Sport oyligi ” munosabati bilan maxalla fuqarolari hamkorligida professor-o’qituvchilar va “Buyuk Turon” maxalla fuqarolari  o’rtasida sportning “Shaxmat” turidan o’rtoqlik uchrashuvi musobaqasi bo’lib o’tdi.

OLIY O’QUV YURTLARIARO SPORT MAJMUA XODIMLARI

Success helper
Success warning