Yoshlar ittifoqi
Yoshlar ittifoqi

Bo‘lim boshlig‘i

Mahmudov Kamol Samadovich

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Qabul vaqti: Har kuni 09:00-17:00

Tel: (99871) 235-41-83   

E-mail: yif@tfi.uz

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent moliya institutidagi boshlang‘ich tashkiloti o‘z safiga 3976 nafar talaba-yoshlarni birlashtirgan bo‘lib, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan talaba-yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularning taklif va istaklarini o‘rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko‘maklashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli, mazmunli tashkil etish hamda Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirish bilan birga, ularda komil inson fazilatlarini tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g‘oyalar bilan oziqlantirish, intellektual mulkka egalik tuyg‘usini shakllantirish, tashabbus va yangiliklarini qo‘llab-quvvatlash va talaba-yoshlarni Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirishdan iborat.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent moliya institutidagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi 13 nafar a’zodan iborat bo‘lib, Kengash tarkibi

 

  1. - O‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT Yoshlar yetakchisi
  2.  
  3. - Yoshlar yetakchisining birinchi o‘rinbosari
  4.  
  5. - Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
  6.  
  7. - Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi yetakchisi
  8.  
  9. - Ta’lim jarayoni sifatini monitoring qilish yo‘nalishi yetakchisi
  10.  
  11. - Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
  12.  
  13. - Yoshlar yetakchisining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
  14.  
  15. - Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo‘nalishi yetakchisi
  16.  
  17. - Sport, salomatlik yo‘nalishi yetakchisi
  18.  
  19. - Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyat cheklangan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
  20.  
  21. - Tashkiliy-nazorat va kadrlar yo‘nalishi yetakchisi
  22.  
  23. - Matbuot kotibi,yoshlar media guruhi rahbari
  24.  
  25. - Talabalar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
  26.  

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent moliya institutidagi boshlang‘ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan “Yosh posbonlar” jamoat tuzilmasi, “Moliyachi” teatr, “Zakovat”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Vatanparvar”, “Munozara” klublari samarali faoliyat olib bormoqda.

 

Success helper
Success warning