Yuristkonsult
Yuristkonsult
   

 Yurist maslahatchi–institutning faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida tashkil etilib, joriy qilinadigan mustaqil lavozim hisoblanadi. Yurist maslahatchisi bevosita institutning rahbariga bo‘ysunadi.

 

 Institut yurist maslahatchisi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.

 

 Institutning yurist maslahatchisi lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va ish staji kamida 3 yilga ega bo‘lgan shaxs ishlashi mumkin.

Institutning yurist maslahatchisining asosiy vazifalari

- institutning huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatida bevosita qatnashish;

 

- normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritish;

 

- institutning xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishda, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni va mohiyatini ularga yetkazishda qatnashish;

 

- institutni va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko‘maklashish;

 

- institutning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish;

 

- sudlarda va boshqa idoralarda institutning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish.

 

 Yurist maslahatchi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

 

 1. Huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:

 

- institutni huquq ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda qatnashadi;

 

- institutni  vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda qatnashadi;

 

- universitening idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda qatnashadi;

 

- mustaqil yoki boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda ekspertizadan o‘tkazish va institut bilan kelishish uchun taqdim qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka va qonunchilik texnikasi talablariga muvofiqligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;

 

- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yurist maslaxatchisi tomonidan institutning boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

 

- institut faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

 

- institutgaa kelib tushgan va davlat organining o‘zi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat qilinishini ta’minlaydi;

 

- institutning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi, davlat organi rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi;

 

- institutni vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari to‘plamlarini nashr etishga tayyorlaydi;

 

- institut rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;

 

- institut va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘јrisida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda qatnashadi;

 

- institut faoliyatiga tegishli qonunchilikni tarјib qilish ishlarini amalga oshiradi;

 

- institut xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga institut faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

 

 2. Institut faoliyatida qonuniylikni ta’minlash sohasida:

 

- institut va uning tizimiga kiruvchi bo‘linmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘јrisida takliflar kiritadi, zarur hollarda ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda qatnashadi;

 

- institutni rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yurist maslaxatchisi tomonidan institutning boshqa vakolatli bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

 

- mustaqil ravishda yoki boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda institut buyruqlari, farmoyishlari va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘јrisida takliflar tayyorlaydi;

 

- institutda va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarning huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;

 

- institutda va uning tizimiga kiradigan bo‘linmalarda mulk saqlanishi ta’minlanishining huquqiy mexanizmlarini tashkil qiladi;

 

- institutningboshqa bo‘linmalari bilan birgalikda davlat organi, uning tizimiga kiradigan bo‘linmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa murojaatlarni ko‘rib chiqadi;

 

- institutda boshqaruv tizimini takomillashtirish, institutni tizimiga kiradigan bo‘linmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

 

- institutda mehnat haqidagi qonunga rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy shartnoma, jamoaviy bitim va boshqalarni) ishlab chiqishda qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;

 

 3. Shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da’vo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida:

 

- boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda institut tomonidan shartnomalar tayyorlanishi va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflari bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yurist maslaxatchis tomonidan institutning boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;

 

- qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi;

 

- shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

 

- institut tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashadi;

 

- institutning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda qatnashadi, institutda  talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;

 

- tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda davlat organining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;

 

- shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;

 

- institutning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashadi;

 

 4. Boshqa sohalarda:

 

- institut tizimiga kiradigan bo‘linmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi, yuridik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;

 

- qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini institut tizimiga kiradigan bo‘linmalarga yetkazadi.

 

 

Success helper
Success warning