E’LON- STIPENDIYA

E’LON- STIPENDIYA

  Islom taraqqiyot banki tomonidan 2021-2022 o’quv yilida dunyoning nufuzli universitetlarining bakalavriat (Undergraduate), Magistratura (Master`s), Aspirantura (PhD research Programme) va post doktorantura (Post-Doctoral Research Programme) yo`nalishlari bo`yicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e`lon qilingan.

    Islom taraqqiyot banki ma`lumotiga ko`ra, nomzodlar muayyan talablarga javob berishlari zarur, ular hujjatlar natijasi asosida tanlab olinadilar.

    Yuqorida keltirilgan tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan nomzodlar arizalarini 2021-yil 28-fevralga qadar Islom taraqqiyot banki platformasi orqali taqdim etishlari mumkin (www.isdb.org/scholarships). Chet tilida tuzilgan hujjatlarga ularning ingliz yoki fransuz tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.

    Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to`g`risidagi qo`shimcha ma`lumot bilan Islom taraqqiyot banki (www.isdb.org/scholarships) veb-saytida tanishish mumkin.

Toshkent moliya instituti

Xalqaro hamkorlik bo’limi

23:55 / 2021-01-31
Success helper
Success warning