“Xalqaro moliyaviy markazlar” oʻquv qoʻllanmasi chop etildi

“Xalqaro moliyaviy markazlar” oʻquv qoʻllanmasi chop etildi

 

Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi dotsenti, i.f.n. E.D. Alimardonov muallifligida “Xalqaro moliyaviy markazlar” oʻquv qoʻllanmasi chop etildi.
 

Oʻquv qoʻllanmada “Xalqaro moliyaviy markazlar” fanining asosiy masalalari qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan.
 

Ushbu oʻquv qoʻllanmada xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirishdagi ilmiy nazariy qarashlar, xalqaro moliyaviy markazlar klassifikatsiyasi, jahon moliyaviy markazlarining rivojlanish bosqichlari va mamlakatlarda shakllantirish shart-sharoitlari, global moliyaviy markazlarni baholash mexanizmi (“Global moliyaviy markazlar indeksi” asosida), xalqaro moliyaviy markazlarni baholash mexanizmi (“Sinxua-dou-djons xalqaro moliyaviy markazlar rivojlanish indeksi” asosida), global moliyaviy markazlarda xalqaro kapital oqimi, xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirishda suveren kredit reytinggini ahamiyati, xalqaro moliyaviy markazlarning institutsional tuzilmasi, xalqaro moliyaviy markazlarda soliq, valyuta va sugʻurta rejimlari, Oʻzbekistonda xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirish kabi masalalar yoritilgan.
 

Oʻquv qoʻllanma oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalish va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor – o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.

09:05 / 2024-01-16
Success helper
Success warning