Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi

Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining  31 yilligi munosabati bilan "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi professor-o'qituvchilari: N.Oblomurodov, S.Otamuratov, M.Yo‘ldosheva, F.Adilov, K.Mahmudov, X.Okyulov, T.Aliyev  S.Shoyimovlar muallifligida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi.

 

 

Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’limdagi  barcha mutaxassisliklar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,  o‘quv qo‘llanmaning yaratilishiga sabab bugungi kunda talabalarda  Asosiy qonun va uning huquqiy normalari mohiyati haqida dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va umuman, huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida ushbu o‘quv qo‘llanma tayyorlandi. Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish fan dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, yangi tahrirdagi konstitutsiyani o‘rganish bo‘yicha, ya’ni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi hamda inson huquq va erkinliklari” hamda “Konstitutsiyada siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi kafolatlar” o‘quv modullari doirasida muhim mavzularni qamrab olgan.

12:52 / 2023-12-29
Success helper
Success warning