“Xalqaro valyuta munosabatlari” darsligi chop etildi

“Xalqaro valyuta munosabatlari” darsligi chop etildi

 

Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor J.X. Ataniyazov va dotsent i.f.n. E.D. Alimardonov hammuallifligida “Xalqaro valyuta munosabatlari” darsligi chop etildi.

Darslikda “Xalqaro valyuta munosabatlari” fanining asosiy masalalari qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan.
Ushbu darslikda xalqaro valyuta munosabatlarining mohiyati va asosiy funktsiyalari, jahon valyuta tizimi rivojlanishi, valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar, valyuta operatsiyalari, Markaziy bankning valyuta siyosati, joriy va spot valyuta operatsiyalarining mohiyati, ularning amalga oshirish shakllari, kapital harakati bilan bog‘liq valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi, forvard valyuta operatsiyasining mohiyati  va uning boshqa operatsiyalardan farqli jihatlari, fyuchers valyuta operatsiyasining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, optsion valyuta shartnomalarining turlari va shakllari, valyutaviy svop operatsiyasining mohiyati hamda asosiy jihatlari, naqd pul (valyuta) o‘tkazmalari tizimi va uning turlari, xalqaro to‘lov kartalari va ulardan foydalanish tartibi, valyuta riskining turlari va ularni boshqarishning asosiy yo’llari, tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish tartibi kabi masalalar yoritilgan. 

Darslik oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.

13:15 / 2023-12-19
Success helper
Success warning