“Operativ va strategik boshqaruv hisobi” darsligi chop etildi

“Operativ va strategik boshqaruv hisobi” darsligi chop etildi

 

 

Toshkent moliya instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professori A.X. Pardayev, dotsent Z.A. Pardayeva va “Bank hisobi va audit” kafedrasi dotsenti, PhD Sh.A. Pardayevalar hammuallifligida “Operativ va strategik boshqaruv hisobi” darsligi chop etildi.

 

Darslikda “Operativ va strategik boshqaruv hisobi” fanining asosiy masalalari qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan.

 

Mazkur darslik “Operativ va strategik boshqaruv hisobi” kursining asosiy mavzulari bo‘yicha masalalar, muammoli masalalar, illyustrativ misollar, vaziyatli holatlar tahlili va test savollarini o‘z ichiga olgan. Darslik talabalarga operativ hamda strategik boshqaruv hisobining mohiyati, uning asosiy vazifalari, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va menejerlari manfaatlaridan kelib chiqqan holda xarajatlar hisobini tashkil qilish, ishlab chiqilayotgan mahsulot birligi tannarxini hisoblash usullari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga (ishlar, xizmatlarga) bahoni belgilash, foydani hisoblash, turli xil boshqaruv qarorlari ichidan eng optimalini tanlash usullarini o‘rganishga amaliy yordam beradi. Darslikda o‘quvchiga, ya’ni foydalanuvchiga qulay bo‘lish uchun ko‘pchilik holatlarda, shartli ravishda, qisqa miqdorli sonlardan hamda “so‘m” so‘zi o‘rnida (p.b.) belgisidan foydalanildi.

 

Darslik 1-bosqich magistratura mutaxassisligining 70410101 - buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchilari uchun tavsiya etilgan.

 

11:00 / 2023-12-19
Success helper
Success warning