“Innovatsion menejment” nomli elektron darslik chop etildi
Toshkent moliya instituti “Menejment va marketing” kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Q.Tuxtamishev tomonidan “Innovatsion menejment” nomli elektron darslik chop etildi.
“Innovatsion menejment” fanidan tayyorlagan elektron darslik 5230200-“Menejment”(xizmatlar sohasi) ta’lim yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quv reja va o‘quv dasturi asosida tuzilgan.
Uning asosiy maqsadi bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsion menejmentning asosiy jihatlarini qamrab olgan holda, talabalarga bilim berish sifatini yanada oshirishdir. O‘quv qo‘llanmada 8 ta mavzu ochib berilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi sifatida innovatsion faoliyat, innovatsion boshqaruv tizimi, innovatsion jarayonlar va innovatsion raqobatchilik darajasi ularning qonuniyatlari va tamoyillarini o‘rganadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda mamlakatimiz va xorijda chop etilgan o‘quv va ilmiy adabiyotlardan, mualliflarning pedagogik tajribalari natijalaridan unumli foydalanilgan.