“Islomiy qadriyatlar va madaniyat” mavzusida davra suhbati
2019-yil 19-aprelda institut “Moliya” kafedrasi tomonidan 1-talabalar turar joyida “Islomiy qadriyatlar va madaniyat” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida Toshkent shahar Uchtepa tumani “Abdulhamid xoji” jom’e masjidi imom xatibi Jamoliddin Azimov, institut Murrabiylar kengashi raisi U.Rajabov, Moliya fakulteti dekan oʻrinbosari O.Hamdamov, “Moliya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari, 1-TTJ da istiqomat qiladigan talaba-yoshlar qatnashdilar.
Davra suhbatida islomiy qadriyatlar imon, e’tiqod, vijdon, diyonat, ma’naviyat kabi oʻlmas tuygʻular samarasi boʻlib, bu qadriyatlar oliy darajadagi odob-axloq, chuqur bilim va ma’rifat taqozosi ekanligi, islomiy madaniyat tinchliksevarlik va sulhparvarlik, haqsevarlik va insonparvarlik, vatansevarlik va xalqparvarlik, bilimsevarlik va ma’rifatparvarlik, mehnatsevarlik va bunyodkorlik ekanligi va bu tushunchalar bugungi kunda umuminsoniy tushunchalar sifatida e’tirof etilayotganligi, islomiy madaniyat esa jahon tamadduni taraqqiyotiga bemisl hissa qoʻshgan an’analar hosilasi ekanligi va boshqa islomiy qadriyatlar toʻgʻrisida ma’ruza o’qildi, goʻzal va latif suhbat qurildi, koʻplab savollarga javoblar berildi.
“Moliya” kafedrasi a’zolari tadbirda faol ishtirok etgan imom xatib Jamoliddin Azimovga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.