Yunusobod tumani moliya bo'limi rahbar o’rinbosari A.Tulaganov ishtirokida sayyor dars

Yunusobod tumani moliya bo'limi rahbar o’rinbosari A.Tulaganov ishtirokida sayyor dars

 2019-yil 6-dekabr kuni Iqtisodiyot fakulteti IKM-71 guruhining 3-kurs talabalari uchun "Davlat moliyasi" fanidan o'qituvchi D.Tadjibekova Yunusobod tumani moliya bo'limi mutaxassislari ishtirokida "Mahalliy byudjet" mavzusida qo'shma amaliy mashg'ulotini tashkil etdi. Mazkur darsdan asosiy ko’zlangan maqsad talabalarga O’zbekiston Respublikasi mahalliy byudjeti daromadlarining shakllani va xarajatlarining taqsimlanishini Toshkent shahar Yunusobod tumani moliya bo’limi misolida tushintishdan iborat.

 

 Mazkur sayyor darsni o’tkazishda Yunusobod tumani moliya bo'limi rahbar o’rinbosari A.Tulaganov ham ishtirok etdi. Mutaxassis mahalliy byudjetlarning daromadlar manbalari, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori haqida talabalarga tushuntirish berdi.

 

 

16:20 / 2019-12-08
Success helper
Success warning