“BITIRUVCHI - 2019”

“BITIRUVCHI - 2019”

   2018-2019 o‘quv yilida Toshkent moliya institutini muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavr va magistrlarga diplomlarni topshirishga bag‘ishlangan “Bitiruvchi – 2019”  tantanali tadbiri institut bosh binosida bo‘lib o‘tdi.

   Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank mas’ul xodimlari, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan bank-moliya muassasalari rahbar xodimlari va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.

   E’tiborli jihati shundaki, Toshkent moliya instituti tayyorlayotgan kadrlarga ularning iste’molchilari bo‘lmish bank-moliya muassasalari tomonidan bitiruvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha oldindan buyurtmalar portfeli miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.

    Toshkent moliya institutining 6 ta fakulteti va magistratura bo‘limini mazkur o‘quv yilida jami 1099 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi. Shu jumladan, 12 ta bakalavr bosqichi yo‘nalishlarini 894 nafar, 13 ta magistratura mutaxassisligini esa 205 nafar talaba-yoshlar tamomlashdi.

   Tadbirda barcha bitiruvchi bakalavr va magistrlarga diplomlar tanatanali ravishda taqdim etilib, ularning kelgusidagi ishlariga omad va zafarlar tilab qolindi .

 

10:11 / 2019-07-11
Success helper
Success warning