Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabida sayyor dars

Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabida sayyor dars

10-aprel kuni Magistratura boʻlimi I-1 hamda Moliya fakulteti MM-40 guruh talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabida tashkil etilgan sayyor darsda ishtirok etishdi. Oliy maktab xodimlari talabalarni maktab faoliyati bilan tanishtirishdi. Talabalar uchun tashkil etilgan ma’ruzada maktab direktori oʻrinbosari, marketing boʻlimi boshligʻi, «Raqamli transformatsiya va innovatsion iqtisodiyot» kafedrasi mudiri professor D.Rasulova ishtirok etdilar. Ma’ruza davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

19:48 / 2019-04-15
Success helper
Success warning