“Bolaga kitob sovg‘a qiling!”

“Bolaga kitob sovg‘a qiling!”

  “Bolaga kitob sovg‘a qiling” aksiyasi doirasida “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Abdullayev boshchiligida “Bank ishi” fakulteti KBI-72 guruh talabalar 2019-yil 22-may kuni Yunusobod tumanida joylashgan 302-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida maktabning 2-a sinf o‘quvchilariga qiziqarli savollar berish orqali o‘zaro o‘yin tarzida savol-javoblar o‘tkazildi. Ushbu sinfda tahsil olayotgan 35 nafar o‘quvchilarning barchasiga talabalar tomonidan ertak kitoblar sovg‘a qilindi.

   O‘zaro samimiy savol javob va suxbat o‘quvchi va talabalarda katta taassurot qoldirdi. O‘quvchi bolalar institut talabalariga ertak kitoblar uchun minnatdorchilik bildirdilar.

 

17:21 / 2019-05-23
Success helper
Success warning