“Davlat tilini mukammal bilish – barkamollik sari qadam” mavzusida davra suhbati

“Davlat tilini mukammal bilish – barkamollik sari qadam” mavzusida davra suhbati

 “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining tashabbusi bilan 2020-yil 22-fevral kuni Sirtqi bo‘lim umumiy guruh talabalari bilan “Davlat tilini mukammal bilish – barkamollik sari qadam” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 

 Tadbirda kafedra o‘qituvchisi R.Xo’jaqulova til nafaqat aloqa vositasi, balki milliy madaniyatni anglash, xalq ma’naviy hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi vosita ekanligini, bugungi kun malakali mutaxassisi davlat tilini mukammal bilishi, og‘zaki va yozma savodxonligi yuqori saviyada bo‘lishini ishtirokchilarga tushuntirdi.

 

 Davra suhbati davomida kafedra professor-o‘qituvchilaridan N.Dilmurodova, S.Shermuhamedova, N.Abdullayeva, F.Saloxodjayeva, E.Yusupovlar ham o‘z fikrlarini aytib o‘tdilar.

 

 

 

16:06 / 2020-02-29
Success helper
Success warning