“Respublikaning cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash” mavzusidagi davra suhbat

“Respublikaning cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash” mavzusidagi davra suhbat

   2019-yil 17-may kuni Toshkent moliya instituti faollar zalida “Mehnat va fuqaro muxofazasi” bo‘limi hamda Fuqaro muhofazasi instituti hodimlari bilan hamkorlikda “Menejment” fakulteti talabalari ishtirokida “Respublikaning cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbatida Fuqaro muhofazasi instituti o‘quv markazi o‘qituvchilari: guruh komandiri, katta serjant Karimov R.X, podpolkovnik Chintashev O.X. qatnashdilar.

      Institut “Mehnat va fuqaro muhofazasi” bo‘limi boshlig‘i Yuldasheva M.X. kirish so‘zida mazkur davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad-talabalarning cho‘milish xavzalarida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash va ularning bilim va ko‘nikmalarni yanada oshirish va unda harakatlanish qoidalarni bilishlari kerakligini takidladi.

      Fuqaro muhofazasi instituti o‘qituvchisi R.Karimov cho‘milish xavzalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatlarda yuzaga keladigan holatlar yuzasidan talabarga atroflicha tushunchalar berdi.

   Shuningdek shu institutning podpolkovnigi O.Chentashev Respublikaning cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javob oldilar.

 

 

 

17:18 / 2019-05-20
Success helper
Success warning