Yoshlarning huquqiy madaniyati va ongini oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘rni

Yoshlarning huquqiy madaniyati va ongini oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘rni

   2019-yil 3-may kuni 1-ma’ruzalar zalida Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda institutda “Yoshlarning huquqiy madaniyati va ongini oshirishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘rni” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut prorektori F.Muxamedov ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, polkovnik Jo‘rayev Muhiddin O‘tkirovich, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining “Yoshlar masalalari bo‘yicha” o‘rinbosari podpolkovnik Vafoyev Mahkam Mirjonovich, Yunusobod tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Saidov Olim Choriqulovich hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri N.Oblomurodov, barcha fakultet dekanlari hamda 220 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida “Sarobga aylangan orzular” hujjatli film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

 

15:49 / 2021-01-06
Success helper
Success warning