“FAN-TA’LIM-ISHLAB CHIQARISH” INTEGRATSIYASI AMALDA!

“FAN-TA’LIM-ISHLAB CHIQARISH” INTEGRATSIYASI AMALDA!

    O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Toshkent moliya instituti o‘rtasida 2020-yil 29-dekabrda imzolangan o‘zaro hamkorlik kelishuvi doirasida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan davra suhbati natijalari asosida 2021-yil 9-fevralda “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ bilan qiymati 30 mln. so‘mlik  va 2021-yil 10-fevralda “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ bilan qiymati 30 mln. so‘mlik innovatsion xizmatlar ko‘rsatish va o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi.

 

    Mazkur shartnomalar yuzasidan innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida joriy yilning 9-11-mart kunlari Toshkent moliya instituti Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari respublikamiz neft-gaz sohasidagi eng yirik tashkilotlardan sanaladigan “Buxoro NQIZ” MChJga tashrif buyurib, ular tomonidan shartnomada belgilangan vazifalar ijrosini bajarish yuzasidan dastavval,  “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy samaradorligini baholash va reytingini aniqlash tartibi” va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holatini kompleks tahlil qilishning skoring modeli” nomli elektron dasturlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Tashrifning ikkinchi kunida esa ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va qo‘llash yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

 

    Republikamizda gazni qayta ishlash bo‘yicha yirik korxonalardan biri hisoblanadigan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ navbatdagi manzil bo‘ldi. Institutimiz xodimlari mazkur zavodga 11-12-mart kunlari tashrif buyurib, shartnoma shartlariga muvofiq institutda yaratilgan innovatsion ishlanmalarni korxona rahbariyati tomonidan belgilangan kompyuterlarga o‘rnatish hamda ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha zavod rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

 

    Tashrif davomida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilayotgan ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ularning natijadorligini oshirish yuzasidan ham o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishildi.

 

15:48 / 2021-03-17
Success helper
Success warning