“Moliyaviy nazorat va auditni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi
2023-yil 28-dekabr kuni "Buxgalteriya hisobi", "Audit" hamda “Byudjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirokida Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi boshlig‘i Yariyev Sherzod Shukurjanovich tomonidan “Moliyaviy nazorat va auditni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Soha mutaxassisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida auditni xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, xususan, buxgalteriya hisobi elektron platformalardan foydalanish va xalqaro standartlarga bosqichma-bosqich o’tish masalalari, shuningdek, mamlakatimizda auditni xalqaro standartlarini professionallik va mas’uliyat, asoslilik prinsiplari asosida amalga oshirish zarurligi ko‘rib chiqildi.
Master-klass davomida ma’ruzachi tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi. Master-klass yuqori darajada tashkil etildi. Bunday tadbirlarni o‘tkazish nazariya va amaliyotni integratsiyalashgan yordam beradi.