“Tijorat banklari investitsiya faoliyatining samaradorligini oshirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi
2023-yil 28-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “TINGBA” biznes-konsalting kompaniyasi moliyaviy tahlilchisi Sh.M.Rabbimqulov tomonidan “Tijorat banklari investitsiya faoliyatining samaradorligini oshirish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Soha mutaxassisi Sh.M.Rabbimqulov mahorat darsida tijorat banklari investitsiya faoliyatining huquqiy va amaliy jihatlariga to‘xtalib o‘tdi. Xususan, tijorat banklari investitsiya investitsiya portfeli va unga ta’sir qiluvchi omillar, investitsiya loyihalari samaradorligini baholash bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.
Mahorat darsi davomida Sh.M.Rabbimqulov kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning o‘tkazilishi nazariya bilan amaliyot integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilishini qayd etishdi.