Institut Xotin-qizlar kengashining bayram tabrigi

Institut Xotin-qizlar kengashining bayram tabrigi

Soʻradilar, “Rozimisan taqdiringdan?”
“Roziman” deb oʻylab-netmay javob qildim.
Soʻngra esa ortga qarab hayot yoʻlim,
Bosib oʻtgan har kunimni hisob qildim.

Men erishgan yaxshiliklar boshqa mavzu,
Bu mavzuga qaytish uchun boʻlar mavrid.
Soʻzlamoqqa chogʻlanganim dorilfunun
Institutni alqagani toʻlar sabrim.

Oʻttiz yilki, obroʻsiga putur yetmas,
Ilm degan libosidan ohor ketmas.
Rahbarlari rahbarlikda sobitqadam,
Har qarori ijro boʻlar, bekor ketmas.

Murodxoʻja ustoz qoʻygan tamaltoshin
Binolarin bunyod qildi Alisherlar,
Ot bosmagan izlarini toylar bosib
Nizomiddin, Ulugʻbeklar, Baxodirlar. 

Institutning toliblari vazir boʻldi,
Hokim boʻldi, el koriga hozir boʻldi.
Olim boʻldi, olimayu fozil boʻldi.
“Mardlik” degan orden oldi, qoyil boʻldi.

Har zamonning oʻz tashvishi-oʻylari bor,
Oʻz maqsadi, mashvaratu-toʻylari bor.
Oʻz rahbari, yoʻlboshchisi, boylari bor,
Gʻalabasi, shoxsupada joylari bor.

Toʻlqin aka, loyihangiz qad koʻtarib, bino boʻlsin,
Ichi toʻla maʼnaviyat, maʼrifatu ziyo boʻlsin.
Ilmiy maktab, odobxona, ibratxona,
Ilmi tolib koʻzlariga malhamu toʻtiyo boʻlsin.

Bugun sizdek ustozlarni tabriklashni sharaf bildik,
Yurti uchun xizmat qilgan shu mardlarni tavob qildik.
Ona-Vatan ravnaqining, tinchligining posbonlari
Doim sogʻu-omon boʻlib yurishini tilak qildik!

Muallif : Barno Nurmuxamedova Institut Xotin-qizlar kengashi raisi

12:36 / 2022-01-14
Success helper
Success warning