“Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi
2019-2020 o‘quv yiliga mo‘ljallangan “Kafedra haftaliklari” doirasida “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi tomonidan “Konstitutsiya – faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir 2019-yil 2-dekabr kuni institutning 1-sonli ma’ruzalar zalida “Soliqlar va sug‘urta” fakulteti talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga iqtisod fanlari doktori, professor Obiddin Mahmudov, shoir Shukur Qurbon, aktyor G‘ulom shov-shuv hamda xonandalar Dilafruz Xayitmetova va Pahlavon Turdiyevlar tashrif buyurdilar.
Tadbir davlatimizning Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangani sababli professor O.Mahmudov bosh qomusimizning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni xususida mulohazalarini bildirdi. So‘ng shoir Shukur Qurbon talabalar hayotiga doir turli she’rlaridan satrlar keltirdi. Konstitutsiya bayramini tantanali nishonlash maqsadida xonandalar repertuaridagi eng sara qo‘shiqlar talabalar e’tiboriga havola qilindi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, talabalarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari oshishiga xizmat qildi.