MOLIYA BO’LIMIDA QO’SHMA AMALIYOT DARSI
2019-yil 5-dekabr kuni Moliya fakultetining 3-kurs MM-71 guruh talabalari “Davlat byudjeti” fanidan “Davlatiy moliya” kafedrasi k.o’q. B.Nurmuxamedova hamda amaliyotchi mutaxassislarning ishtirokida Toshkent shahar Yunusobod tuman hokimligining Moliya bo’limida qo’shma amaliyot darsini o’tadilar.
Moliya bo’limi mutaxassislari tuman byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan ta’lim va sog’liqni saqlash muassasalarida xarajatlarni rejalashtirish, smetalarni tuzish, tasdiqlash, ro’yxatdan o’tkazish va ijro qilish amaliyoti, byudjet tashkilotlarining UzASBO dasturiy majmuasida ishlash tartiblari, bu dasturiy ta’minotning ishlash prinsiplari va afzalliklari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari va dastlabki natijalari haqida so’zlab berdilar.
Talabalar moliya bo’limining tuman byudjetini tuzish, tasdiqlash va moliya yili davomida ijro qilish bilan bog’liq faoliyatini amaliy ma’lumotlar, rasmiy hujjatlar va hisobotlar asosida o’rgandilar, “Davlat byudjeti” fanining “Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish”, “Davlat byudjetining ta’lim tizimi xarajatlari”, “Davlat byudjetining sog’liqni saqlash xarajatlari” kabi mavzulardan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashga muvaffaq bo’ldilar. |