Toshkent moliya instituti rektori kubogi

Toshkent moliya instituti rektori kubogi

Mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni sportga jalb qilish maqsadida 2021-yil 7-iyun kuni Toshkent moliya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan mahalla yoshlari o‘rtasida futbol sport turi bo‘yicha “Toshkent moliya instituti rektori kubogi” musobaqalariga start berildi.

 

Musobaqalarning birinchi turi Uchtepa tumanida joylashgan “Hojiobod” mahallasidagi 197-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport maydonida “Uchtepa”, “Quyi Darxon”, “Yangiyo‘l” va “Alixonto‘ra Sog‘uniy” mahalla yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

 

Dastlabki tur natijalariga ko‘ra “Uchtepa” va “Quyi Darxon” mahallasi jamoalari o‘z hisoblariga 3 ochkodan yozib qo‘yib navbatdagi bellashuvlarga yo’llanma oldilar.

 

11:49 / 2021-06-09
Success helper
Success warning