“Sug‘urta ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Mavrulova “KAFOLAT SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ da sayyor dars tashkil etdi.
2018-2019 o‘quv yilining o‘quv rejasiga asosan “Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti” fanidan sayyor dars o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Mazkur rejaning bajarilishi maqsadida “Soliqlar va sug‘urta” fakultetining ikkinchi bosqich SS-70,71 guruhi talabalari “Sug‘urta ishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Mavrulova bilan birgalikda “KAFOLAT SUG‘URTA KOMPANIYASI” ga tashrif buyurdilar va rejaga asosan “Rivojlangan mamlakatlarning sug‘urta tizimi” mavzusida ma’ruza darsini tingladilar. Ma’ruzani kompaniyaning marketing bo‘yicha direktori Sharobiddinov Akramjon Goyibbayevich olib bordi va avvalo kompaniya faoliyatiga va sug‘urta bozorining bugungi holati hamda kompaniyaning sug‘urta bozoridagi o‘rni va mavqeiga to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng rivojlangan mamlakatlarning sug‘urta tizimi yuzasidan taqdimotni talabalarga namoyish etdi. Sayyor dars yakunida talabalar ko‘proq kompaniyaning faoliyatiga va bozordagi o‘rniga aloqador savollar bilan murojaat etdilar.