Xorijiy universitet olimidan onlayn ma’ruza

Xorijiy universitet olimidan onlayn ma’ruza

    2021-yil 7-aprelda TMI «Moliya» kafedrasi taklifi asosida xorijiy universitetlardan xalqaro yuqori ilmiy-amaliy tajriba va malakaga ega bo‘lgan professor - o‘qituvchilarni jalb qilish doirasida AQSH Kaliforniya davlat universitetining dotsenti Nuriddin Ikromov tomonidan "Moliyaning dolzarb muammolari” mavzusida Moliya fakulteti talabalari va professor o‘qituvchilarga ZOOM platformasi orqali vebinar tarzida onlayn ma’ruza tashkil qilindi.

 

Nuriddin Ikromov ta’lim foaliyatini Toshkent jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan. Keyinchalik “Umid” jamg‘armasi sovrini orqali AQSHning top 1000 talikda yuqori o‘rinlarni egallagan Pensilvaniya davlat universitetida «Marketing» bakalavr ta’lim yo‘nalishida taxsil olgan va magistratura mutaxassisligini bitirgan. Ushbu universitetning o‘zida «Moliya va ko‘chmas mulk» ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (PhD) ilmiy darajasini qo‘lga kiritgan. 2010-yildan beri – Kaliforniya davlat universitetida faoliyat yuritib kelmoqda.

 

SHu bilan birgalikla Nuriddin Ikromov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi huzurida Xalqaro ekspertlar kengashi a’zosi hisoblanadi.

 

Ma’ruzachining hozirgi pandemiya sharoitida cheklangan moliyaviy resurlarni cheklanmagan ehtiyojlarni qoplashga yo‘naltirishda sof joriy qiymat, qanday biznesni moliyalashtirish va investitsiyalarni hozirgi qiymati bo‘yicha ilmiy amaliy ma’lumotlari talabalar e’tiborini jalb qildi. Ma’ruza davomida talabalar mavzu bo‘yicha ilmiy, foydali, qiziqarli ma’lumotlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi hamda o‘z fikr mulohazalarini savol-javoblarlar tarzida bildirishdi.

19:00 / 2021-04-08
Success helper
Success warning