“Marketingning nazariy asoslari” мavzusida ochiq ma’ruza darsi

“Marketingning nazariy asoslari” мavzusida ochiq ma’ruza darsi

 2019-yil 22-noyabr kuni “Bugalteriya hisobi va audit” fakulteti 2-kurs XBA-10,14 akademguruhlarida “Menejment” kafedrasining dotsenti Xamdamova Gavhar tomonidan “Marketing” fanidan “Marketingning nazariy asoslari” mavzusida ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

 

 Ma’ruza jarayonida zamonaviy bozor sharoitida bozorning professional ish yurituvchilari uchun, ya’ni korxona boshqaruvchilari, menedjerlar, sotuv ishtirokchilari, reklama va yangi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun marketing asosiy faoliyat turidan biriga aylanishi muqarrar ekanligi yoritildi. Nazariy va amaliy misollar asosida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar faoliyatiga boshqaruvning progressiv shakllari va usullarini kiritish zarurati haqida ma’lumotlar yoritib berildi.

 

 Interfaol usullar yordamida o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar olib borildi. Ma’ruzada TDIU “Menejment” kafedrasining dotsenti G.Xodjamuratova, TMI o`quv bo`limi hodimi A.Umirov, “Bugalteriya hisobi va audit” fakulteti dekani muovini Ahmedov Xasan, “Menejment” kafedra professor-o‘qituvchilari: k.o’q. F.Bazarova, o’q. A.Karimovlar ishtirok etdilar.

 

 

20:15 / 2019-11-24
Success helper
Success warning