Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlik yanada kengaymoqda

Polotsk davlat universiteti bilan hamkorlik yanada kengaymoqda

Toshkent moliya instituti hamda Polotsk davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 2019-yilining 22-26 aprel kunlari “Menejment va marketing” kafedrasi professori F.Nazarova hamda “Budjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi professori S.Mehmonovlarning o‘zaro hamkorlik, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalarni birgalikda tayyorlashni muxokama qilish va ma’ruza o‘qish yuzasidan Belorussiya Respublikasi Polotsk davlat universitetiga tashrifni amalga oshirdilar.

Polotsk davlat universiteti asosan texnika yo‘nalishida mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi va xozirgi kunda 8 ta fakultetda 10 mingdan ortiq talabalar bakalavr va magistraturada taxsil olishmoqda.

Tashrif doirasida Toshkent moliya instituti va Polotsk davlat universiteti hamkorligida tashkil etish rejalashtirilgan qo‘shma fakultet ochilishiga oid хujjatlar ko‘rib chiqildi, shuningdek, tuzilgan o‘quv rejalar dastlab kafedralarda, so‘ng fakultetlarda keyin esa rektorat darajasida muhokama qilindi va rasmiylashtirildi.

2019-yil 24-25 aprel kunlari “Menejment va marketing” kafedrasi professori F.Nazarova tomonidan “Innovatsion menejment” hamda “OTMda innovatsion ta’lim”, “Budjet hisobi” kafedrasi professori S.Mehmonov tomonidan esa “O‘zbekiston Respublikasida budjet hisobini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari” hamda “Budjet tashkilotlarida hisob siyosati” mavzularida ochiq maruzalar tashkil etildi. Ochiq ma’ruzalarda universitetning talabalari, professor – o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari ishtirok etdilar.

Tashrif natijalariga ko‘ra ko‘pgina o‘quv, uslubiy hamda ilmiy faoliyat sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi hamda Toshkent moliya instituti va Polotsk davlat universiteti hamkorligini bundan keyin yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

 

16:59 / 2019-05-06
Success helper
Success warning