Rus tili fanidan olimpiada.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019-yil 5-apreldagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini 2019-yilda tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 314-son buyrug‘i, institut rektorining 2019-yil 11-apreldagi 312-son buyrug‘iga asosan “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi pedagog xodimlari rus tili fanidan Oliy ta’lim muassalari talabalari respublika fan olimpiadasining institut bosqichini o‘tkazdilar. Mazkur olimpiadada 1 kurs talabalari faol ishtirok etdilar. Olimpiada ishtirokchilari 4 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Natijalar bo‘yicha “Moliya” fakulteti MM-64(i) guruh talabasi Urolova Sevara 95 ball bilan Olimpiada g‘olibi bo‘ldi va Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. 2 - o‘rinni MM-61 guruh talabasi Qayumov Asilbek, 3-o‘rinni M-60 guruh talabasi Xakimjonova Nulufar egalladilar.