“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” –ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida institut professor-o‘qituvchilari Samarqandda

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” –ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida institut professor-o‘qituvchilari Samarqandda

Institut rektorati va kasaba uyushma qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori asosida 2019-yil 14-aprel kuni 50 nafardan ortiq institut professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va ularning aziz farzandlari uchun ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahriga jamoaviy sayohat tashkil etildi. Tashrif davomida sayoxatchilarimiz Imom al-Buxoriy, Registon, Shohi Zinda, Go‘ri Amir, Bibixonim, Hazrati Hizr kabi turli majmualarga tashrif buyurib, buyuk shahslar, hususan, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti, mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimov qabrlarini ziyorat qilib, Qur’on oyatlaridan tilovatlar qildilar. Ham ziyorat, ham sayohat niyatida tashkillashtirilgan ushbu kun yakunidan so‘ng institut jamoasi azim poytaxt-Toshkent shahriga ulkan taassurotlar bilan qaytdilar.

18:13 / 2019-04-20
Success helper
Success warning