TA’LIMDA HAMKORLIK: NATIJALAR VA ISTIQBOLLI KELISHUVLAR

TA’LIMDA HAMKORLIK: NATIJALAR VA ISTIQBOLLI KELISHUVLAR

           Ural davlat iqtisodiyot universiteti (UrDIU) bilan tuzilgan memorandum asosida Toshkent moliya instituti (TMI)ning “Bank ishi” va “Banklarda buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi UrDIUning Moliya va huquq instituti direktori, “Moliya bozori va bank ishi” kafedrasi professori, i.f.d., Rossiya Federatsiyasi Oliy ta’limida xizmat ko‘rsatgan xodim Maksim Sergeyevich Maramigin o‘zaro tajriba almashish va ma’ruza darslarini o‘tish uchun 2019-yil 25-30 aprel kunlari Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.

          Tashrif jarayonida UrDIU va TMIning tegishli kafedralari o‘rtasida bank tizimi faoliyatiga oid xalqaro konferensiyalar tashkil etish, hammualliflikda darsliklar tayyorlash, maqolalar chop etish va boshqa qator masalalarni amalga oshirish kelishib olindi.

          Shu bilan birga, M.S.Maramigin institutitning Bank ishi, Moliya iqtisod, Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti talabalariga zamonaviy bank tizimi, elektron pullar va kriptovalyutaga oid mavzularda ma’ruza darslarini o‘tdi. Ma’ruza darslari talabalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi hamda o‘zlari qiziqqan savollarga tegishli javoblarni oldilar.

          Umuman olganda, mazkur tashrif kelgusida UrDIU va TMI ta’lim tizimini va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda o‘quv adabiyotlar tayyorlashga xizmat qiladi degan umiddamiz.

19:06 / 2019-05-01
Success helper
Success warning