Webster universiteti bilan xalqaro hamkorlik

Webster universiteti bilan xalqaro hamkorlik

2021 yil 8 oktyabr kuni AQShning Webster universiteti prezidenti Prof. Julian Schuster boshchiligidagi delegatsiya o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi. Xorijiy mehmonlarni institut rektori Prof. T.Teshabayev kutib oldilar.

 

Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi hamkorligida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy-tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish va ilmiy loyihalarga homiylik mablag‘larini jalb qilish masalalalari muhokama etildi.

 

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama akademik hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolashga kelishib olindi.

 

 

 

 

 

 

17:43 / 2021-10-08
Success helper
Success warning