“INVESTISIYA KUNI” MAVZUSIDAGI DAVRA SUHBATI
2019-yil 19-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investisiyalar” kafedrasi tomonidan “Investisiya kuni” mavzusidagi davra suhbati o’tkazildi. Tadbir mehmonlari sifatida O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo’mitasi bo’lim mudiri B.M.Ruxitdinov, Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatasiyasi instituti, “Iqtisodiyot” kafedrasi dots., i.f.n. U.S.Nadirxanov, TDIU, “Jahon iqtisodiyoti” kafedrasi dots., i.f.n. D.Y.Xo’jamqulovlar qatnashdilar. Mazkur davra suhbati mehmonlari O’zbekiston Respublikasining “Investisiyalar va investision faoliyat to’g’risida”gi qonun loyihasi, xorijiy investisiyalarni tasniflashdagi muammolar, O’zbekistonda investitsiya muhiti va investitsion jozibadorlikni yanada yaxshilashga doir amaliy taklif va tavsiyalar bilan ma’ruzalar qildilar.
|