Toshkent moliya instituti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikning yangi qadami

Toshkent moliya instituti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikning yangi qadami

2020 yil 6 iyul kuni, Toshkent moliya instituti va Ural davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Ural davlat iqtisodiyot universiteti delegasiyasi bilan uchrashuv davomida hamkorlik yuzasidan o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, hamkorlikning yangi bosqichi sifatida, professor-o‘qituvchilarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda o‘zaro akademik almashinuvni amalga oshirish yuzasidan kelishuv shartnomasi imzolandi. Uchrashuvda Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori Yakov Silin o‘z nutqida "Oliy o‘quv yurtlari va mamlakatlarimiz manfaatlarini rivojlantirishda navbatdagi qadamni tashlash vaqti keldi. Shu vaqt mobaynida ko‘p mehnat qilgan barcha hamkasblaringizga minnatdorchilik bildiraman. Sizni Universitetimizda kutib qolamiz va kelasi yili Yevroosiyo iqtisodiy forumida ishtirok etishga ham taklif etamiz. Siz bilan birgalikda monografiya yaratdik, bir necha ilmiy maqolalar yozdik va kelgusida hamkorlikni davom ettiramiz” ta'kidlab o‘tdi. O‘z navbatida Toshkent moliya instituti rektori v.v.b. Sultonali Mexmonov o‘z so‘zida "Ishonchim komilki, kelishuv natijasida hamkorligimiz doirasida ilmiy hamda ta'lim sohasida tajriba almashish jarayonini yanada yuqori bosqichga ko‘taramiz. Bunda pedagog-xodimlarni malakasini oshirish, hamkorlikda darsliklar chop etish, qo‘shma dasturlar asosida kadrlar tayyorlash, hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish, ilmiy anjumanlar tashkil etishga asosiy e'tibor qaratilishi”ni aytib o‘tdi. 

Shuningdek, ikki oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari uchun 2+2 yoki 3+1 dasturlari, magistratura mutaxassisliklari uchun 1+1 dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Uchrashuv davomida Ural davlat iqtisodiyot universitetidan ijtimoiy ishlar bo‘yicha prorektori Roman Krasnov, qo‘shimcha ta'lim va proforientasiya ishlari bo‘yicha prorektori Yelena Knyazeva va qo‘shimcha ta'lim instituti direktori Elina Zakirovalar, shuningdek Toshkent moliya instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Tuychiev, Xalqaro xamkorlik bo‘limi boshlig‘i S.Avazxodjaev hamda kafedra dosenti N.Kasimovalar kelishuv doirasida amalga oshiriladigan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon qilishdi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik kelishuvi doirasida yo‘l xaritasi tuzish va shu asosida ishlarni tashkil etishga kelishib olindi.

11:06 / 2020-08-21
Success helper
Success warning