“Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli”

“Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli”

 

Har yili bahorning ilk kunida taniqli davlat va jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilovaning tavallud kuni keng nishonlanadi. Mazkur sana munosabati bilan 2023-yil 1-mart kuni institutda “Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat timsoli” deb nomlangan badiiy kecha va el ardog‘idagi ijodkorlar va taniqli shoiralar bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.


















Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibasi, taniqli shoira  Zulfiya Mo‘minova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, noyob iste’dod egasi va betakror ijodkor, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Farog‘at Xudoyqulova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bobur Bobomurod ishtirok etdilar.












 

Tadbirning mazmuni ijodkor talaba-yoshlarning bahor mavzusidagi go‘zal raqslari va badiiy-she’riy kompozitsiyalari bilan yanada boyidi.
 

21:27 / 2023-03-01
Success helper
Success warning