Toshkent moliya instituti axborot xizmati faoliyati namunali yoʻlga qoʻyilgan oliy taʼlim muassasasi sifatida eʼtirof etildi

Toshkent moliya instituti axborot xizmati faoliyati namunali yoʻlga qoʻyilgan oliy taʼlim muassasasi sifatida eʼtirof etildi

Joriy yilning 26-iyun kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “OTM matbuot xizmati — 2023. Oliy taʼlim muassasalari matbuot xizmatlarini rivojlantirish: muammo va huquqiy yechimlar” mavzusidagi oʻquv seminari tashkil etildi.

 

 

Unda Toshkent moliya instituti Axborot xizmati boʻlim boshligʻi Gʻ.Nazarov ishtirok etdi.

 

 

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda “Axborot olish va tarqatishning huquqiy asoslari”, “Notoʻgʻri maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlik, rasmiy munosabat bildirish usullari va raddiya berish tartibi”, “Shaxsiy hayot daxlsizligi va soʻz erkinligi: oqilona muvozanat”, “Tashkilot faoliyati haqida qanday gapirish/yozish kerak?”, “Ommaviy axborot vositalarida shaxs shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini yoritish masalalari”, “Oliy taʼlim tashkilotlari matbuot xizmati faoliyatini takomillashtirish (zamonaviy kontent, dizayn, maxsus dasturlar)” kabi mavzularda maʼruzalar tinglanib, mavzular yuzasidan muhokamalar oʻtkazildi.

 

 

 

 

 

 

Seminar doirasida axborot xizmati faoliyati namunali yoʻlga qoʻyilgan oliy taʼlim muassasalari, xususan, Toshkent moliya instituti Axborot xizmati ham Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

 

22:41 / 2023-06-26
Success helper
Success warning