“Ayol-yashnab turar hayot chirogʻi” kafedra haftaligi doirasida davra suhbati

“Ayol-yashnab turar hayot chirogʻi” kafedra haftaligi doirasida davra suhbati

06.03.2019 kuni kafedra haftaligi doirasida “Ayol-yashnab turar hayot chirogʻi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Iqtisodiyot nazariyasikafedra mudiri hamda pedagog-oʻqituvchilari, “Bank ishi” kafedrasi katta oʻqituvchisi A.S.Vasiyev va “Tong yulduzi” gazetasi bosh muharrir oʻrinbosari, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Axtamqul Karim ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ayol madhi mehmonlar tomonidan turlicha e’tirof etildi. Jumladan, A.Vasiyev munis ayollarni quyidagicha madh etdi:

Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot siru-asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli oʻrganadi. Аyol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot goʻzal va maftunkor. Inson, oila, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etib boʻlmaydi. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokot kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida moʻtabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Chindan ham, ayollarimizning oilada tutgan oʻrni beqiyos. Oqila, goʻzal ayollar oʻzlarining gʻamxoʻrligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar.

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Axtamqul Karim ayol munavvarligini she’rlar orqali ifoda etdi. Davra suhbati talabalar xotirasida iliq taassurotlar bilan saqlanib qoldi.

 

15:27 / 2020-10-08
Success helper
Success warning