“O‘zbekistonda hayot sug‘urtasining salohiyatini oshirish va rivojlantirish yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya

“O‘zbekistonda hayot sug‘urtasining salohiyatini oshirish va rivojlantirish yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi PQ-5265-son «Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollarini aniqlash maqsadida 2023-yil 3-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent moliya institutida “O‘zbekistonda hayot sug‘urtasining salohiyatini oshirish va rivojlantirish yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

Konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlar:

 

1-shuʼba. Hayot sug‘urtasining salohiyatini oshirish va jadal rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.

 

2-shuʼba. Milliy sug‘urta bozorida hayot sug‘urta sohasini ommalashtirish va ko‘lamini kengaytirish masalalari.

 

3-shuʼba. Sug‘urta bozorida raqamlashtirish jarayonlarining kechishi va sohaga ilg‘or axborot texnologiyalarini tatbiq etish masalalari.

 

4-shuʼba. O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozorining moliya tizimida tutgan o‘rni va milliy  iqtisodiyotning rivojlanishiga taʼsiri.

 

Ilmiy-amaliy konferensiya ishida xorijiy va mahalliy oliy taʼlim, ilmiy tadqiqot muassasalarining professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda iqtidorli talabalari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, sug‘urta kompaniyalari rahbar xodimlari va mutaxassislari ishtirok etishi kutiladi. Konferensiyada ishtirok etish uchun ilmiy maqola va tezislar 2023-yilning 10-oktabrigacha qabul qilinadi.

 

 

Taqdim etilayotgan maqola va konferensiya materiallarini rasmiylashtirish tartibi:

 

Konferensiya materiallari elektron shaklda Word 2003, 2007, 2010 formatida Times New Roman, 14 kegl, sahifalar chapdan 3,0 sm, yuqoridan va pastdan 2 sm va o‘ngdan 1,5 sm qoldirilgan holda bo‘lishi shart. Asosiy matn satrlar oralig‘i 1 sm intervalda, satr boshi – 1 sm, satrlarni eniga to‘g‘rilash, so‘zlarni boshqa qatorga ko‘chirish-avtomatik tarzda bo‘lishi lozim.

 

Taqdim etilayotgan ilmiy maqola hajmi 5 betgacha hamda tezis hajmi 3 betgacha bo‘lishi mumkin. Maqola va tezislar antiplagiat dasturi orqali tekshiriladi. Konferensiya materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Konferensiyaning tashkiliy badali  va materiallar to‘plamini nashr qilish uchun  xarajatlarni qoplash miqdori har bir sahifasi uchun 30 000 so‘m etib belgilandi. Yalpi majlis so‘nggida xulosa va takliflar muhokama qilinib, yakuniy tavsiyalar qabul qilinadi. Tashkiliy qo‘mita tezis va maqolalarni  tanlab olish huquqiga ega. Konferensiya materiallari ekspertizadan o‘tgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallar va xorijiy jurnallarda  (Scopus va Web of Science) chop etishga tavsiya etiladi.

 

Manzil: Anjuman o‘tkazish uchun masʼul: “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi.

Telefon raqami: (+99890) 950 22 08 (A.Xolbayev)

Elektron pochta: sugurta@tfi.uz

Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 60A-uy.

 

Axborot xati PDF

 

 

 

17:12 / 2023-09-05
Success helper
Success warning