“TESOL Asia International” nodavlat taʼlim markazi bilan hamkorlik

“TESOL Asia International” nodavlat taʼlim markazi bilan hamkorlik

2022-yil 26-aprel kuni Toshkent moliya instituti rahbariyati hamda “TESOL Asia International” nodavlat taʼlim markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

 

 

Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori Sh.Sindarov va markaz direktori N.Xushbaqovalar tomonidan olib borilgan muzokaralar davomida taʼlimni rivojlantirishning hozirgi tendensiyasini hisobga olib, mazkur sohada xalqaro hamkorlik muhimligi, bu boradagi munosabatlarni yanada mustahkamlab, xalqaro konferensiyalar, vebinarlar oʻtkazishda hamkorlik qilish, shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun mahorat darslari, TESOLni oʻrgatish va TKT, APTIS hamda IELTS kabi xalqaro imtihonlarga tayyorlashga kelishib olindi.

 

 

 

Tomonlar umumiy manfaatlarni roʻyobga chiqarish va umumiy maqsadlarga erishish uchun yuqorida koʻrsatilgan sohalarda birgalikdagi harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

 

15:56 / 2022-04-26
Success helper
Success warning