“O’zbekistonda Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishda soliq siyosatini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari” mavzusida konferentsiya

“O’zbekistonda Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishda soliq siyosatini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari” mavzusida konferentsiya

 

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-F-sonli farmoyishiga asosan Toshkent moliya institutida “Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi tomonidan 2019 yil 20 aprel kuni “O’zbekistonda Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishda soliq siyosatini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tdi.

         Konferentsiyani Toshkent moliya instituti prorektori  professor I.Qo’ziev  kirish so’zi bilan ochib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  7 fevral 2017 yil № PF-4947-sonli ”O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni ijrosini taminlash maqsadida  “O’zbekistonda Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishda soliq siyosatini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari” mavzusida o’tkazilayotgan  konferentsiya nihoyatda dolzarbligi ekanligi to’g’risida to’xtalib o’tdi.

Konferentsiyaga Respublikamizning turli sohalaridan mutaxassis hamda amaliyotchi kadrlar taklif qilindi. Ular o’z chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bo’lim boshlig’i F.U. Saydaliev “Davlat soliq xizmatining institutsional asoslari: xorijiy tajriba va strategik rejalar”mavzusida, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi, kafedra mudiri S.R.Boymurotov “O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining 2019 yilgi asosiy yo’nalishlari”mavzusida,  “Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda qo’shilgan qiymat solig’ining o’rni va uni hisoblashning soddalashtirilgan tartibini takomillashtirish”mavzusida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  huzuridagi  Davlat  boshqaruvi akademiyasi professori, iqtisod fanlari doktori  Toshmatov Sh.A., O’zbekiston  Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti bosh mutaxassisi iqtisod fanlari doktori, professor Voronin S.A. “Sovershenstvovanie klassifikatsii nalogov i obyazatelnix otchisleniy-neobxodimoe uslovie dlya povisheniya effektivnosti nalogovoy sistemi”  mavzusida, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi "Soliqlar va soliqqa tortish" kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, dotsent Niyazmetov I.M.  “Soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasini hayotga tatbiq etish bilan bog’liq muammolar”mavzusida, O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mutaxassisi Musalimov Sh.I. “Mol-mulk solig’ini hisoblash va undirishdagi muammolar” mavzusida, “Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini soliqlar vositasida rag’batlantirish masalalari” mavzusida Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti "Moliya va soliqlar" kafedrasi professori, i.f.d. Kuzieva N.R.lar maruzalar qildilar.

Konferentsiyada chuqur mahs-munozaralar bo’lib, echimini kutayotgan muammolarni hal etish uchun soha mutaxassislarining fikr va mulohazalarini  bayon qilindi, hamda ularni bartaraf etish uchun aniq takliflar bildirildi.

Konferentsiya kun davomida sektsiyalarda o’z ishini davom ettirdi.

 

 

15:44 / 2021-01-06
Success helper
Success warning