Toshkent moliya instituti hamda Toshkent shahar favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hodimlari bilan hamkorlikda “Aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash” mavzusidagi o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Toshkent moliya instituti hamda Toshkent shahar favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hodimlari bilan hamkorlikda “Aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash” mavzusidagi o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi

2019-yil 28-mart kuni Toshkent moliya instituti faollar zalida Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti hamda Toshkent shahar favqulotda vaziyatlar boshqarmasi hodimlari bilan hamkorlikda “Aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash” mavzusidagi o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mazkur o‘quv seminarda Toshkent shaxar favqulotda vaziyatlar boshqarmasi “Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi” boshlig‘i leytenant A.Rustamov, qutqaruv yordam komandiri katta leytenant M.Mirkarimov, “Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi” katta o‘qituvchisi N. Smaylov va instituti murabbiylar kengashi raisi U.Rajabov, instituti mexnat muxofazasi bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti dekan muovini S. Sherov hamda Buxgalteriya hisobi va audit” fakultet akademguruh murabbiylari va fakultet talabalari qatnashdilar.

Seminar-treningga taklif etilgan mutaxassislar tomonidan  zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar, bino va inshootlarning vayron bo‘lishi, ko‘p sonli yong‘in o‘choqlarining yuzaga kelishi, yuqumli kasalliklar o‘choqlarining avj olishi, aholi punktlarida kommunal va transport infratuzilmalarining izdan chiqishi kabi holatlar yuzasidan talabalarga atroflicha tushunchalar berdi.Talabalarning zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash va ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish va unda harakatlanish qoidalari bilishlari kerakligi aloxida ta’kidlandi.

O‘quv seminari so‘ngida talabalar institutimiz hovlisida tashkil etilgan amaliy seminarda ishtirok etdilar. Unda bugungi kunda respublikamizda qo‘llanilayotgan qutqaruv anjomlari, avariya-qutqaruv mashinalari, ularning tuzilishi va ishlash tartibi to‘g‘risida tadbir qatnashchilariga mutaxassislar tomonidan to‘liq ma’lumot berildi. Shu bilan birgalikda, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob oldilar.

 

15:36 / 2021-01-06
Success helper
Success warning