Hamkorlik samarasi

Hamkorlik samarasi

Tojikiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va 2022-2026-yillar “Sanoat yillari” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan “Mamlakatni jadal sanoatlashtirish sharoitida qulay sarmoyaviy muhitni shakllantirish” mavzusidagi Qozon Federal universiteti, Nijniy Novgorod Davlat  lingvistik  universiteti,  Samara Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo'lib o'tmoqda.

 

 

Ushbu xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev “Integratsiya – oliy taʼlimning ahamiyatini oshirish omili” mavzusidagi maʼruza bilan chiqdi.

 

  

Maʼruzada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning saʼy-harakatlari tufayli bugungi  kunda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar qoʻyilgan mustahkam poydevorga tayangan holda yuksalish yoʻlida rivojlanib borayotganligi, xususan, mamlakatimizda qabul qilingan Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida Oʻzbekistonni Markaziy Osiyoda xalqaro taʼlim dasturlarini amalga oshirish markaziga aylantirish nazarda tutilganligi keng yoritildi.

 

 

 

Shuningdek, davlatlarimiz oʻrtasida fan-taʼlim sohasida ham hamkorlik chuqurlashib borayotganligi, xususan, Toshkent moliya instituti bilan Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar yoʻlga qoʻyilishining samarasi sifatida hamkorlikda kadrlar tayyorlash doirasida Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti qoshida TDHBSU-TMI qoʻshma fakulteti tashkil etilganligi va hozirgi kunda mazkur fakultetda 121 nafar talaba ikki taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotganligi, hamkor OTMlarning faoliyat yoʻnalishi taʼlim sifatini oshirishga qaratilishi  orqali bitiruvchilarning bandligini toʻliq taʼminlash ustuvor vazifa etib belgilanganligi alohida ta'kidlandi.

18:36 / 2022-05-27
Success helper
Success warning