“Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening

“Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening

Joriy yilning 14-yanvar kuni Toshkent moliya institutida oliygoh professor-oʻqituvchilari uchun “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Jahon iqtisodiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi , falsafa fanlari doktori (PhD) Aziz Zikriyoyev hamda institutimiz professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.











Mazkur seminar treningda qanday qilib тatijalarni maqolaga aylantirish va uni Web of Science, Scopus platformalarida eʼlon qilish, universitet 3.0 (ishlanmalarni tijoratlashtirish) , grantlarni shakllantirish, ilmiy yangilik, gʻoyalar va ishlanmalarga mualliflik guvohnomasi olish, patentlar hamda bugungi kundagi dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar berildi.


21:31 / 2022-01-14
Success helper
Success warning