“Investitsiyalar, grant mablag’larini jalb qilish va xususiy sektor bilan hamkorlikni rag’batlantirishda oliy ta’lim muassasalarining roli” mazusida seminar-trening o’tkazildi.

“Investitsiyalar, grant mablag’larini jalb qilish va xususiy sektor bilan hamkorlikni rag’batlantirishda oliy ta’lim muassasalarining roli” mazusida seminar-trening o’tkazildi.

       2019-yilning 2-4 dekabr kunlari Toshkent moliya institutida Respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektorlar uchun “Investitsiyalar, grant mablag’larini jalb qilish va xususiy sektor bilan hamkorlikni rag’batlantirishda oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining 2019-yil 7-noyabrdagi 25474-sonli topshirig’iga muvofiq tashkil etilgan mazkur trening dastavval 2-3 dekabr kunlari oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo’yicha prorektorlari ishtirokida, 4-dekabr sanasida esa oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida bo’lib o’tdi. 
Xorijiy investitsiya va grantlarni jalb qilish, xalqaro hamkorlik faoliyatini samarali tashkil etish ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida o’tkazilgan mazkur seminar-treninglarda 60 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari ishtirok etib, OTMlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda davlat xususiy sektor hamkorligini kengaytirish, fanni tijoratlashtirish hamda potensial investorlarni izlab topish, Branch-kampuslar va xorijiy OTMlar filiallarini ochish orqali iqtisodiy o’sishga erishish yo’llari, ilmiy grantlarda ishtirok etish va xususiy sektor bilan aloqalarni kengaytirish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. 
O’tkazilgan seminar-treninglar davomida Belorussiya davlat universiteti dotsenti Yekaterina Gospodarik, “Finspect Advisory” tashkiloti rahbari Jasur Umarov,Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster universiteti tadqiqotlar va investorlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Raufxon Salahodjayevlarning spiker sifatida ishtirok etishlari OTMlari rahbar hodimlarining ham xalqaro tajriba ham xususiy sektor vakillari bilan aloqalarining yanada mustahkamlanishiga zamin yaratdi.

 

 

15:57 / 2019-12-06
Success helper
Success warning