“Konstitutsiya – farovon hayotimiz kafolati” mavzusida tadbir oʻtkazildi
4-dekabr kuni Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti tasarrufidagi “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabatiga bagʻishlangan “Konstitutsiya – farovon hayotimiz kafolati” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Mazkur tadbirga soha mutaxassislari sifatida Toshkent davlat yuridik universitetidan yu.f.d., prof. Nasirxodjayeva Gulnora Abduqahharovna, yu.f.d., prof. Yunusova Minavar Sabirovna va yu.f.n., dos. Jumaniyozova Dilfuza Kamalovnalar taklif etildi. Tadbirda fakultet dekani R.Saidov, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari va 70 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirda maʼruzachilar Konstitutsiya – shu zaminda istiqomat qilayotgan millati, tili, dinidan qatʼi nazar barcha insonlar uchun mustahkam bir himoya vositasi ekanligi, mustaqil Oʻzbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, davlat oʻz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini koʻzlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirilishini tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushuntirib berishdi.